Elchining murojaati

 

Aziz do'stlar,

 

O'zbekiston Respublikasining Qozog'iston Respublikasidagi elchixonasi veb-saytiga xush kelibsiz. Elektron manbaani ishlab chiqishda biz nafaqat elchixonamiz tomonidan amalga oshiriladigan xizmatlar, balki O'zbekiston-Qozog'iston munosabatlaridagi muhim voqealar haqida ma'lumotlarni yetkazishga harakat qildik.

 

Ta'kidlash joizki, davlatlarimiz rahbarlarining say-harakatlari tufayli, O'zbekiston va Qozog'iston uzoq muddatli hamkorlikning keng qamrovli shakllanishiga muvaffaq bo'lishdi. Mamlakatlarimiz o'rtasida kelgusida ko'p qirrali hamkorlikka yo'naltirilgan “yo'l xaritasi” ishlab chiqildi.

 

Chin dildan umid qilamanki, bizning veb-saytimizga tashrif buyurib, siz nafaqat elchixonamiz tomonidan korsatiladigan xizmatlar boyicha, balki O'zbekiston haqida qiziqarli ma'lumotlarni ham olasiz.

 

Sahifamizga xush kelibsiz!

 

Saidikrom Niyazhodjayev

O'zbekiston Respublikasining

Qozog’iston Respublikasidagi

Favqulodda va Muxtor Elchisi