Xalqaro migratsiya tashkiloti mintaqaviy direktori bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

 

2023-yil 18-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Xalqaro migratsiya tashkilotining (XMT) Janubi-Sharqiy, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Manfred Profazini qabul qildi.

Uchrashuvda tomonlar O‘zbekiston va XMT o‘rtasidagi hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildilar.

Mehnat migrantlari huquqlarini ta’minlash, odam savdosiga qarshi kurashish va boshqa sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi.

XMTning Toshkentdagi vakolatxonasi tomonidan O‘zbekistonda yangi loyihalarni amalga oshirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий