Turkiya Elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

 2024-yilning 28-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Turkiya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Olgan Bekar bilan uchrashdi.

Tomonlar BMT Bosh kotibi A.Guterrishning bir qator muhim davlatlar va tashkilotlarning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakillari bilan Dohada bo‘lib o‘tgan uchrashuvi yakunlari yuzasidan fikr almashdilar, shuningdek, Afg‘onistondagi mavjud vaziyatni muhokama qildilar. Suhbat chog‘ida Afg‘onistondagi vaziyatni tartibga solish masalasi bo‘yicha hamkorlikni yanada chuqurlashtirishdan o‘zaro manfaatdorlik bildirildi.

Tomonlar afg‘on xalqiga insonparvarlik yordamini davom ettirish va bu boradagi sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish zarurligini ma’qulladilar.

Turkiya Elchisi Oʻzbekistonning Afgʻoniston boʻyicha yaxlit mintaqaviy yondashuvni ishlab chiqish va ushbu mamalakatda uzoq muddatli tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga qaratilgan saʼy-harakatlarini yuqori baholadi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий