TIV rahbarining birinchi oʻrinbosari Qatar, Saudiya Arabistoni, O‘mon va BAA elchilari bilan uchrashuv oʻtkazdi

 

2024-yilning 26-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Qatar Elchisi Hasan Hamza Hoshim, Saudiya Arabistoni Elchisi Yusuf al-Utaybiy, O‘mon Elchisi Vafo Jabr Nosir al-Busaidiy, shuningdek, Birlashgan Arab Amirliklarining muvaqqat ishlar vakili Muhammad al-Dahiriy bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat chog‘ida umumiy kun tartibining dolzarb jihatlari yuzasidan fikr almashildi, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda mintaqalararo hamkorlikni yanada mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.

“Ko‘rfaz arab davlatlari – Markaziy Osiyo” shaklidagi va boshqa bo‘lajak qo‘shma tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan fikr almashildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий