Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Saudiya Arabistonining qator yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvlar oʻtkazdi

 

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Ar-Riyoz shahrida “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayan, “Tabuk Agricultural Development” kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Majid Ahmad al-Suvayx va “Tariq M.Abu Moti” bosh menejeri Tariq Muhammad Abu Moti, “Al Showaier” menejeri Tariq al-Shuvayr va “Al Faris International Group” bosh ijrochi direktori Usama Buxoriy bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi.

Muloqotlar chog‘ida energetika, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika, irrigatsiya, ta’lim, qurilish va xususiylashtirish sohalarida hamkorlikni mustahkamlash hamda investitsiya loyihalarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

B.A’loyev Saudiya Arabistoni kompaniyalari vakillarini 2024-yil 2-3-may kunlari O‘zbekistonda tashkil etiladigan III Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etishga taklif qildi. Saudiyalik tadbirkorlar ushbu forumda aniq takliflar bilan faol ishtirok etishga tayyor

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий