Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Iordaniya Elchisi va Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi vakili bilan uchrashuvlar oʻtkazdi

 

2024-yil 8-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Iordaniya Hoshimiylar Podshohligining Favqulodda va Muxtor Elchisi Demiya Zuhayr Haddod va Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi Bosh kotibi maslahatchisi Nosir Al-Shayx bilan alohida uchrashuvlar o‘tkazdi.

Siyosiy muloqotni rivojlantirish, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlashning dolzarb masalalari kun tartibidan o‘rin oldi.

Erishilgan kelishuvlarni amalga oshirilishi, o‘zaro aloqa va almashinuvlarni faollashtirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

Ikki va koʻp tomonlama shakllarda boʻlajak qoʻshma tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish borasida keng qamrovli va puxta ishlarni amalga oshirish muhimligi qayd etildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий