Tashqi ishlar vaziri Qatar Elchisini qabul qildi

 

2024-yil 2-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Qatar Davlatining Favqulodda va Muxtor Elchisi Hasan Hamza Hoshimni qabul qildi. Uchrashuv chog‘ida oliy darajada erishilgan barcha kelishuvlarni o‘z vaqtida amalga oshirish va 2024-yilga mo‘ljallangan rejalar muhokama qilindi. Shuningdek, ikki va ko‘p tomonlama shakllarda kengayib borayotgan O‘zbekiston-Qatar hamkorligiga oid qator masalalar ko‘rib chiqildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий