Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Fransiya Elchisi bilan muzokaralar oʻtkazdi

 

2024-yilning 27-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Muzaffar Madrahimov Fransiya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Aureliya Bushez bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston va Fransiya rahbarlari o‘rtasida erishilgan barcha kelishuvlarni to‘liq amalga oshirish muhimligi ta’kidlandi.

Tomonlar O‘zbekiston-Fransiya munosabatlari kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama qildilar. Parlamentlararo muloqotni kuchaytirish, oʻzaro hamkorlikning huquqiy asoslarini kengaytirish, madaniy-gumanitar va taʼlim sohasidagi almashinuvlarni chuqurlashtirish boʻyicha takliflar ko‘rib chiqildi.

Iqtisodiy diplomatiyani faol rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Shu nuqtayi nazardan, savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi majlisini o‘tkazish, Fransiyaning “Semmaris”, “Suez”, “Alstom” va boshqa yetakchi kompaniyalari bilan qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий