Pokiston Elchisi bilan uchrashuv to‘g‘risida

 

2023-yil 1-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Pokistonning mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Ahmad Faruk bilan uchrashdi.

Muloqotda Afg‘onistondagi bugungi vaziyat va xalqaro hamjamiyat, shuningdek, ikki davlatning Afg‘oniston yo‘nalishidagi hamkorligini kengaytirish borasidagi sa’y-harakatlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Pokiston Elchisi O‘zbekistonning Afg‘onistonda uzoq muddatli va barqaror tinchlik o‘rnatish, shuningdek, mamlakatni mintaqaviy integratsiya jarayonlariga jalb etishdagi muhim rolini ta’kidladi.

Tomonlar Afg‘onistonda amalga oshirilayotgan transport-kommunikatsiya loyihalari, xususan, Termiz–Mozori-Sharif–Kobul–Peshovar temir yo‘li qurilishini ham muhokama qildilar.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий