O‘zbekiston TIV rahbari Markaziy Osiya davlatlari Tashqi ishlar vazirlari uchrashuvida ishtirok etdi

2023-yilning 13-sentabr kuni Dushanbe shahrida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Markaziy Osiya davlatlari Tashqi ishlar vazirlari uchrashuvida ishtirok etdi.
Uchrashuv chog‘ida tomonlar Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining beshinchi Maslahat uchrashuvi kun tartibi hamda unda ko‘rib chiqish uchun taqdim etiladigan hujjatlar loyihalarini muhokama qildilar.