O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Yaponiya Elchisi bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Yaponiyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Takashi Xatori bilan uchrashdi.
Muloqotda ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa yo‘nalishlarda munosabatlarni rivojlantirish istiqbollari, shuningdek, turli sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Iqtisodiy hamkorlikning amaliy jihatlariga, xususan, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi savdo va investitsiyaviy aloqalarni kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.
Turli shakldagi bo‘lajak muloqotlarga tayyorgarlik yuzasidan fikr almashildi.