O‘zbekiston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

 

24-yanvar kuni Pekin shahri Tyananmen maydonidagi Xalq yig‘inlari uyida davlat tashrifi bilan Xitoyda bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi.

Davlatimiz rahbari sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.

Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni kutib oldi.

Yetakchilar ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari a’zolarini qutladilar.

Harbiy orkestr ijrosida O‘zbekiston va Xitoy madhiyalari yangradi.

Faxriy qorovul boshlig‘i Prezidentimizga raport berdi. Davlat rahbarlari faxriy qorovul safi oldidan o‘tdilar.

Marosimdan so‘ng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий