O‘zbekiston Prezidenti Xitoy milliy neft-gaz korporatsiyasi raisi bilan uchrashdi

 

Xitoyga davlat tashrifining ishbilarmonlik dasturi davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev CNPC neft-gaz korporatsiyasi raisi Day Xoulyanni qabul qildi.

Xitoy milliy neft-gaz korporatsiyasi o‘z sohasida jahonning ilg‘or kompaniyasi bo‘lib,  “Fortune Global 500” reytingida yetakchi o‘rinlarni egallab kelmoqda. Neft va gaz qazib olish bo‘yicha yirik loyihalarni, shu jumladan xorijiy mamlakatlarda amalga oshirish borasida katta tajribaga ega.

Uchrashuvda O‘zbekistonda yerosti gaz saqlash sig‘imlarini barpo etish va gaz yetkazish tizimlarini modernizatsiya qilish, zamonaviy burg‘ilash texnologiyalarini joriy qilish va neft-gaz tarmog‘i uchun mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий