O‘zbekiston ichki ishlar vazirligi delegatsiyasi Turkiyaga tashrif buyurdi

 2022-yil 23-25-may kunlari O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri o‘rinbosari B.Abdullayev boshchiligidagi delegatsiya Turkiyaning Anqara shahriga tashrif buyurdi.

Mamlakatimizning Anqara shahridagi Elchixonasi maʼlumotiga ko‘ra, tashrif davomida Turkiya Respublikasi ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Muhterem Inje bilan o‘zaro hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokamasiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda tomonlar huquqni muhofaza qilish, jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarni oldini olish hamda yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlash sohalarida hamkorlik doirasini kengaytirish, ayniqsa, xodimlarining bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan hamkorlikdagi o‘quv seminarlari o‘tkazish, ularning malakasini oshirish, o‘zaro tajriba almashish bo‘yicha o‘z fikr va mulohazalari bilan o‘rtoqlashdilar.

Muzokaralar yakunida tomonlar idoralar o‘rtasida hamkorlik aloqalarini har tomonlama rivojlantirishdan manfaatdor ekanligini taʼkidlab o‘tdilar.

Shuningdek, tashrif davomida O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi delegatsiyasi Turkiya milliy politsiyasi, Anqara shahar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi va Transport vazirligi Avtoyo‘llarni nazorat qilish markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий