O‘zbekiston delegatsiyasining Qo‘shilmaslik harakati tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishida ishtiroki to‘g‘risida

 O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev boshchiligidagi delegatsiya Ugandaning Kampala shahrida bo‘lib o‘tgan Qo‘shilmaslik harakatining vazirlar yig‘ilishida ishtirok etdi.

Tadbirda 100 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, tashqi siyosat idoralari rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari darajasidagi delegatsiyalar ishtirok etdi.

Yig‘ilishda Qo‘shilmaslik harakatining 19-sammiti kun tartibi va unda ko‘rib chiqish uchun taqdim etilgan hujjatlar loyihalari ko‘rib chiqildi va ma’qullandi.

O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari o‘z nutqida Xalqaro transport tarmoqlari va infratuzilmalarini rivojlantirish, iqtisodiy va moliyaviy tizimlarni takomillashtirish bo‘yicha Harakat doirasida yaqin hamkorlikni tashkil etish zarurligini ta’kidladi. Mojarolarni tinch yo‘l bilan hal etish bo‘yicha tashabbuslarni ishlab chiqish, tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlarga tayyorlikni kuchaytirish, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha sa’y-harakatlarni safarbar etish muhimligi qayd etildi.

Tadbir ishtirokchilari xalqaro kun tartibining dolzarb jihatlari yuzasidan ham fikr almashdilar.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий