Niderlandiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi

 2024-yilning 28-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Muzaffar Madrahimov Niderlandiya Qirolligi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Marsel de Vink bilan videokonferensaloqa shaklida muzokaralar o‘tkazdi.

Muloqot chog‘ida umumiy kun tartibining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha ikki tomonlama munosabatlar va xalqaro tuzilmalar doirasidagi o‘zaro hamkorlik masalalari batafsil ko‘rib chiqildi.

Siyosiy-diplomatik munosabatlarni faollashtirish, parlamentlararo muloqotni mustahkamlash, madaniy-gumanitar aloqalarni chuqurlashtirish, turizm almashinuvini ko‘paytirish yuzasidan fikr almashildi.

Muzokaralarda iqtisodiy diplomatiyani rivojlantirish masalalari asosiy o‘rinni egalladi. Niderlandiya tomoni o‘zaro manfaatli savdo-investitsiyaviy hamkorlikni, xususan, agrosanoat va qishloq xo‘jaligi sohalarida yanada kengaytirishdan manfaatdorligini bildirdi. Niderlandiya savdo missiyalarining O‘zbekistonga, shuningdek, o‘zbekistonlik tadbirkorlarning Niderlandiyaga tashriflarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Tomonlar mintaqaviy va xalqaro kun tartibining ayrim jihatlarini ham ko‘rib chiqdilar.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий