Özbekiston va Avstriya taşqi işlar vazirliklari örtasida navbatdagi siyosiy maslahatlaşuvlar ötkazildi

2026-yil 19-noyabr kuni Toşkentda Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi va Avstriya Federal Yevropa va xalqaro işlar vazirligi örtasida siyosiy maslahatlaşuvlarning 8-davrasi bölib ötdi.
Özbekiston delegatsiyasiga taşqi işlar vaziri örinbosari Muzaffar Madrahimov, Avstriya delegatsiyasiga esa Federal Yevropa va xalqaro işlar vazirligining siyosiy masalalar böyiça direktori Xanna Liko rahbarlik qildi.
Tomonlar siyosiy-diplomatik hamkorlikning borişi, bugungi holati va istiqbollarini, savdo-investitsiya sohasidagi hamkorlikni faollaştiriş, madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytiriş hamda xalqaro taşkilotlar doirasidagi muloqotni çuqurlaştiriş masalalarini atrofliça muhokama qildi.
Dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almaşildi.
Maslahatlaşuvlar yakunida Özbekiston-Avstriya hamkorligini yanada çuqurlaştiriş va erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş borasidagi intilişlar ta’kidlandi.


