Yevroparlament deputatlari bilan uchrashuv haqida

 

16-aprel kuni Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligida Yevropa parlamenti deputati T.Zdexovskiy boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqi oʻrtasidagi munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

So‘nggi yillarda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamda madaniy-gumanitar sohalarda ikki tomonlama aloqalarning jadal rivojlanayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Tomonlar oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni yanada kengaytirish uchun oldinda katta salohiyat mavjudligi ta’kidlandi. Bu jarayonga Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqi oʻrtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to'g'risidagi yangi bitimning tez fursatda imzolanishi ham xizmat qiladi.

Yevroparlament deputatlari mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni yuqori baholab, ularni kelgusida ham amalga oshirishda yordam ko‘rsatishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Ular, shuningdek, Surxondaryo viloyatiga bo‘lgan tashriflari va respublikaning eng janubiy hududida olib borilayotgan islohotlarni alohida ta’kidladilar.

Tomonlar joriy yil 4-aprel kuni Samarqandda boʻlib oʻtgan birinchi “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” sammitining muvaffaqiyatli oʻtkazilishini mamnuniyat bilan qayd etdilar. Mazkur tadbir yakunida ikki mintaqa oʻrtasida strategik sheriklik oʻrnatilishi boʻyicha Qoʻshma deklaratsiya qabul qilingan edi.

Uchrashuv davomida mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий