Yevropa Ittifoqining Xalqaro hamkorlik bo‘yicha komissari bilan uchrashuv o‘tkazildi
25-noyabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Yevropa Ittifoqining Xalqaro hamkorlik bo‘yicha komissari Yozef Sikela bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston — Yevropa Ittifoqi hamkorligining jadal rivojlanib borayotgani qayd etildi. Savdo, “yashil” iqtisodiyotga o‘tish, raqamlashtirish, transport bog‘liqlik hamda inson kapitalini rivojlantirish kabi sohalarda o‘zaro manfaatli loyihalarni kengaytirishga intilish ta’kidlandi.
Strategik muloqotni yanada mustahkamlash, amaliy hamkorlikni chuqurlashtirish hamda barqaror rivojlanish tashabbuslarini ilgari surish orqali mintaqalarda tinchlik va farovonlikka hissa qo‘shishga tayyorlik bildirildi.


