Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashuv to‘g‘risida

 

17-noyabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Muzaffar Madraximov Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Toyvo Klaar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi, avval erishilgan kelishuvlarning ijrosi ko‘rib chiqildi hamda hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Shuningdek, ikki tomonlama va mintaqalararo yo‘nalishlarda, jumladan, “Markaziy Osiyo – YeI” formatidagi bo‘lajak qo‘shma tadbirlarning kun tartibi va tashkiliy jihatlari yuzasidan fikr almashildi.

Muzokaralar yakunida tomonlar O‘zbekiston–Yevropa hamkorligini mustahkamlashga xizmat qiluvchi yangi loyihalar bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий