Yaponiyaning O‘zbekistondagi Elchisi bilan uchrashuv to‘g‘risida

2026-yil 8-sentabr O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mirvohid Azimov Yaponiyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Kenji Hirata bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston – Yaponiya munosabatlari kun tartibidagi dolzarb masalalar va ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Tomonlar oliy darajadagi tadbirlar yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish va joriy yilda rejalashtirilgan qo‘shma tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish doirasida hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldi.


