XMT bosh direktori bilan uchrashuv to‘g‘risida

 2024-yil 9-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Muzaffar Madrahimov Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) bosh direktori Jilber Ungbo bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Tomonlar O‘zbekiston va XMT o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning ijobiy dinamikasini mamnuniyat bilan qayd etdilar.
Jilber Ungbo O‘zbekistonni XMT Boshqaruv kengashiga saylangani bilan tabriklab, tashkilotning respublikada amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini ta’kidladi.
Muzokaralarda O‘zbekistonning XMT bilan hamkorligini yanada kengaytirish, jumladan, yangi loyihalarni amalga oshirish va qo‘shma tadbirlar o‘tkazish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий