Xitoyning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashuv to‘g‘risida

20-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmanov Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Yuy Szyun bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston-Xitoy barcha sharoitlarda har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarining bugungi kun tartibidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Tomonlar 2026-yilda turli darajalardagi tashriflar va muloqotlar rejalashtirilganini mamnuniyat bilan qayd etib, ushbu tadbirlarni tashkil etish yuzasidan yaqin hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldi.


