Xitoy Xalq Respublikasining Sychuan provinsiyasi Doimiy qo‘mitasi a’zosi Pubu Dunchju bilan uchrashuv to‘g‘risida

 

2025-yil 24-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmanov Xitoy Xalq Respublikasining Sychuan provinsiyasi Doimiy qo‘mitasi a’zosi Pubu Dunchju bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlarning bugungi holati hamda hududlararo hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, investitsiya va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий