Xitoy elchisi bilan uchrashuv to‘g‘risida

 

2026-yil 2-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mirvohid Azimov Xitoy Xalq Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Yuy Szyun bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot davomida O‘zbekiston-Xitoy barcha sharoitlarda har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarining bugungi kun tartibidagi dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar 2026-yilda turli darajadagi tashrif va muloqotlar rejalashtirilganini mamnuniyat bilan qayd etib, ushbu tadbirlarni tashkil etish uchun yaqindan hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий