Xitoy elchisi bilan uchrashuv to‘g‘risida

 

11-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmanov Xitoyning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Yuy Szyun bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston-Xitoy hamkorligining ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Tomonlar ikki va ko‘p tomonlama hamkorlik formatida bo‘lajak yuqori darajadagi tadbirlar jadvalini muhokama qildilar.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий