Turkiyaning Oʻzbekistondagi yangi tayinlangan elchisi bilan uchrashuv

 

27-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Turkiyaning Oʻzbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Ufuk Ulutashdan ishonch yorliq nusxalarini qabul qildi.

O‘zbekiston va Turkiya nafaqat ikki tomonlama sherikchilik darajasida, balki mintaqaviy hamkorlikni kengaytirishda ham faol davom etmoqda. Ishonchimiz komilki, birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz har ikki mamlakat ravnaqi va taraqqiyotiga xizmat qiladi, deya ta’kidladi vazir.

TIV rahbari elchini ushbu lavozimga tayinlangani bilan samimiy tabrikladi va diplomatik missiyasida muvaffaqiyatlar tiladi. 

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий