Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashuv to‘g‘risida

 

2026-yil 25-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mirvohid Azimov Turkiya Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor elchisi Ufuk Ulutash bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot davomida tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklikning bugungi holati va istiqbollari, shuningdek, savdo, turizm va ta’lim sohalaridagi ikki va ko‘p tomonlama aloqalarni yanada faollashtirish masalalarini muhokama qildi.

Shuningdek, Turkiy davlatlar tashkiloti faoliyatining dolzarb jihatlari, jumladan, hamkorlikni yanada mustahkamlash va tashkilot doirasida joriy yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий