Turkiyaning o'z diplomatik missiyasini yakunlayotgan elchisi bilan uchrashuv

 

2025-yilning 8-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov mamlakatimizda o'z diplomatik missiyasini yakunlayotgan Turkiyaning Favqulodda va Muxtor Elchisi Olgan Bekarni qabul qildi.

Uchrashuvda ikki mamlakat rahbarlari oʻrtasida oʻrnatilgan birodarlik rishtalari har bir sohada yaqin hamkorlik uchun eng mustahkam poydevor yaratayotgani e’tirof etildi. Qardosh xalqlarning munosabatlarini mustahkamlashga katta hissa qo‘shgan Elchiga  tashqi ishlar vazirligi jamoasi nomidan samimiy minnatdorchilik bildirildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий