Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi bilan uchrashuv to‘g‘risida

 

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri maslahatchisi Munira Aminova Anqara shahrida Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) Bosh direktori Abdulloh Eren bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad amaldagi hamkorlik holatini ko‘rib chiqish, amalga oshirilayotgan tashabbuslarning natijalarini baholash, shuningdek, o‘zaro hamkorlikning yangi istiqbolli yo‘nalishlarini belgilashdan iborat bo‘ldi.

Muzokaralar davomida TIKAning O‘zbekistondagi yaqin yillardagi faoliyat ustuvor yo‘nalishlari hamda belgilangan maqsadlarni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari muhokama qilindi. Barqaror rivojlanish masalalariga, shuningdek, loyihalarni
2030-yilgacha bo‘lgan Taraqqiyot strategiyasining maqsad va qoidalari bilan uyg‘unlashtirishga alohida e’tibor qaratildi.

Tomonlar amaliy va natijaga yo‘naltirilgan hamkorlikni kengaytirish muhimligini ta’kidlab, ikki tomonlama o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan qator tashabbuslar yuzasidan kelishuvga erishildi.

Uchrashuv yakunida konstruktiv va o‘zaro manfaatli hamkorlikni davom ettirishga bo‘lgan o‘zaro manfaatdorlik tasdiqlandi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий