Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi ta’lim va ilmiy hamkorlik masalalari muhokama qilindi

 

2026-yil 9-iyul kuni Tashqi ishlar vazirligida Davlat rahbari tomonidan Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasida ilgari surilgan tashabbuslar ijrosiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Gibrid formatda o‘tgan ushbu tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Fanlar akademiyasi, “O‘zbekkosmos”agentligi, Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi hamda Turkiy universitetlar ittifoqiga (TURKUNIB) a’zo oliy ta’lim muassasalaridan 30 nafarga yaqin vakillar ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida mamlakatimizning TURKUNIBdagi raisligi doirasida amalga oshirilgan ishlar, Orxun akademik almashinuv dasturining joriy holati, Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishlarini o‘rganish universitetida turkiy davlatlar yoshlari uchun ta’lim grantlarini joriy etish, shuningdek, Turkiy davlatlar xalqaro universiteti negizida qo‘shma tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash dasturini ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, tashkilot doirasida joriy yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish masalalari, jumladan, “Turkiy ilm-fan va innovatsiyalar kunlari” hamda “Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy ijodi – Turkiy dunyo ma’naviy hayotida” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiyaga tayyorgarlik ishlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий