Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibining O'zbekistonga tashrifiga doir

 2022-yil 30-31-may kunlari Turkiy davlatlari tashkiloti (TDT) bosh kotibi Bag'dod Amreyevning O'zbekiston Respublikasiga tashrifi bo'lib o'tadi.

O'zbekiston vazirlik va idoralaridagi uchrashuv hamda muzokaralarda O'zbekiston va TDT o’rtasidagi hamkorlikning bugungi holati hamda istiqbollari, shuningdek, mazkur tashkilotning mamlakatimizda bo’lib o’tadigan sammitiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilinadi.

Bundan tashqari, O'zbekistonda o’tkazilishi rejalashtirilgan Turkiy davlatlari tashkiloti transport vazirlari Kengashi, qishloq xo'jaligi vazirlari Kengashining yig’ilishlari hamda Turkiy agroforum va boshqa qator tadbirlar yuzasidan fikr almashiniladi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий