Toshkentda texnologik diplomatiya bo‘yicha Osiyo simpoziumi bo‘lib o‘tdi

 

2026-yil 14-oktabr kuni O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Global texnologik diplomatiya instituti (Tech Diplomacy Global Institute — TDGI) hamkorligida Texnologik diplomatiya bo‘yicha Osiyo simpoziumi (Tech Diplomacy Asia Symposium) bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Markaziy Osiyo va Osiyo-Tinch okeani mintaqasi davlatlarining davlat organlari, diplomatik korpus, xalqaro tashkilotlar, texnologik va ishbilarmonlik doiralari, shuningdek, akademik hamjamiyat vakillari ishtirok etdi.

Tadbir davomida ishtirokchilar 2025-yil 1-noyabr kuni YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi doirasida qabul qilingan Texnologik diplomatiya bo‘yicha Samarqand deklaratsiyasini amaliyotga tatbiq etish, raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt va kiberxavfsizlik sohalarida mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, institutsional salohiyatni mustahkamlash va mutaxassislar tayyorlash masalalarini muhokama qildilar.

Simpoziumda Ozarbayjon, Afg‘oniston, Birlashgan Arab Amirliklari, Gruziya, Indoneziya, Quvayt, Pokiston, Rossiya Federatsiyasi, Saudiya Arabistoni, Tojikiston, Falastin, Yaponiya, Ummon, Qatar, Hindiston va Qozog‘istonning elchilari hamda diplomatik vakolatxonalari vakillari ishtirok etdi.

Muhokamalarda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Mo‘g‘uliston va Marokashning tegishli vazirlik va idoralari, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi (BMTTD), moliya, texnologiya va bank sektorlari, oliy ta’lim muassasalari hamda ekspertlar hamjamiyati vakillari qatnashdi.

Ishbilarmonlik dasturi yakunida xorijiy mehmonlar uchun O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi.

Simpoziumning o‘tkazilishi O‘zbekistonning yangi texnologiyalar masalalari bo‘yicha xalqaro muloqotni rivojlantirish, mintaqaviy sheriklikni mustahkamlash va zamonaviy tashqi siyosatning muhim yo‘nalishi sifatida texnologik diplomatiyani ilgari surishga sodiqligini yana bir bor tasdiqladi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий