Tojikistonning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

 

13-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmanov Tojikiston Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Nasredin Ismatullo bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida oliy darajada erishilgan kelishuvlarning ijrosi holati hamda ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, tomonlar bo‘lajak ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar jadvalini muhokama qildilar.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий