Tojikiston elchisi bilan uchrashuv to‘g‘risida

 

9-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmanov Tojikiston Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Nasredin Ismatullo bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida oliy darajada erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi jarayoni, shuningdek ikki tomonlama kun tartibining dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Tomonlar turli darajalarda bo‘lib o‘tadigan bo‘lajak ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar rejasini muhokama qildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий