Tojikiston bilan ikki tomonlama hamkorlik aloqalari muhokama qilindi

 

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin bilan telefon orqali muloqot qildi. O‘zaro ishonch, qo‘llab-quvvatlash va strategik sheriklikka asoslangan mustahkam do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik rishtalarimiz faol rivojlanib borayotganligi alohida qayd etildi.

Vazirlar 2024-yilda O‘zbekiston Prezidentining Dushanbe shahriga amalga oshirilgan davlat tashrifi chog‘ida hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishilganini va Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma imzolanishi aloqalarimizda yangi davrni boshlab berganligi taʼkidlashdi. “Ishonchimiz komilki, birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlaydi va 2025-yilda qardosh xalqlarimiz uchun yangi yutuqlar olib keladi”, deya qayd etdi mamlakatimiz TIV rahbari.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий