TIV tizimida sog‘lom turmush tarzi va jismoniy faollik taʼminlanmoqda
TIV markaziy apparati binosida xodimlar uchun barchashart-sharoitlarga ega bo‘lgan zamonaviy sport zali tashkil etilgan bo‘lib, u yerda
muntazam ravishda turli sport turlari bilan shug‘ullanish imkoniyati yaratilgan.Xodimlar ish kunlaridan so‘ng bu maskanda jismoniy mashg‘ulotlar o‘tkazish orqali
salomatliklarini mustahkamlashmoqda.
Shuningdek, TIV tasarrufidagi Jahon iqtisodiyot va diplomatiya universiteti hududida joylashgan sport infratuzilmasidan (suzish havzasi, basketbol, volleybol va minifutbol maydonchalari, trenajyor zali, sheyping va boshqalar) xodimlar imtiyozli ravishda foydalanish imkoniga ega.