TIV rahbarining Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi bilan uchrashuvi toʻgʻrisida

 

21-may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Feridun Sinirliog‘lu bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot davomida hozirgi murakkab xalqaro vaziyatda YXHTning oʻrni va ahamiyati, uning ochiq muloqot hamda oʻzaro ishonchni mustahkamlashdagi roli xususida atroflicha fikr almashildi.

Shuningdek, Oʻzbekistonda gender tengligi, yoshlar siyosati, kiberxavfsizlik, “yashil” taraqqiyot, ekologik barqarorlik va mintaqaviy hamkorlik sohalaridagi tashabbuslarga alohida toʻxtalib, YXHT bilan amaliy sheriklikni yanada kengaytirish muhimligi taʼkidlandi.

Markaziy Osiyoda yaxshi qoʻshnichilik va oʻzaro ishonchga asoslangan yangi muhit shakllanib borayotgani uchrashuvning muhim qismi boʻldi.

Tomonlar global va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashdi. Barcha mojaro va ziddiyatlar faqat diplomatiya, muloqot va xalqaro huquq normalari asosida hal qilinishi zarurligi qayd etildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий