TIV rahbarining Rossiya elchisi bilan uchrashuvi to‘g‘risida

28-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Rossiya Federatsiyasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Aleksey Yerxovni qabul qildi.
Muloqot davomida O‘zbekiston – Rossiya kun tartibidagi dolzarb masalalar, keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, shuningdek, bo‘lajak ikki tomonlama muloqotlar muhokama qilindi.
Mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali aloqalarni izchil ilgari surish maqsadida yaqin hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.


