TIV rahbarining Pokiston elchisi bilan uchrashuvi to‘g‘risida

22-may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov O‘zbekistonda o‘z faoliyatini yakunlayotgan Pokistonning Favqulodda va Muxtor Elchisi Ahmed Faruq bilan xayrlashuv uchrashuvini o‘tkazdi.
Muloqot davomida Oʻzbekiston–Pokiston oʻrtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, savdo, investitsiyalar, taʼlim, madaniy almashinuv va boshqa sohalarda amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
TIV rahbari elchiga kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.


