TIV rahbarining Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari bilan uchrashuvi to‘g‘risida

19-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Ozarbayjon Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Samir Sharifovni qabul qildi.
Uchrashuv davomida ikki davlat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi natijalari olqishlandi.
Davlatlarimiz Rahbarlarining o‘zaro faol, do‘stona va ishonchli muloqoti O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarining jadal rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etayotgani qayd etildi.
Shuningdek, ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb kun tartibi atroflicha muhokama qilindi.


