TIV rahbarining ICESCO bosh direktori bilan uchrashuviga oid

 

6-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Islom dunyosi taʼlim, fan va madaniyat tashkiloti bosh direktori Salim bin Muhammad al-Malik bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqotda ICESCO bosh direktorining O‘zbekistonga I Xalqaro islom sivilizatsiyasi forumi ochilish marosimida ishtirok etishi uchun tashrif buyurgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Muzokaralar davomida ilm-fan, madaniyat, taʼlim va turizm sohalarida ICESCO bilan konstruktiv muloqot va samarali hamkorlikni yanada rivojlantirishning amaliy jihatlari muhokama qilindi.

Shuningdek, oʻzaro hamkorlikni kengaytirish hamda yaqin istiqbolda qoʻshma loyihalarni amalga oshirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilab beruvchi “Harakatlar rejasi” ijrosiga alohida eʼtibor qaratildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий