TIV rahbari Shveysariyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisidan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi

11-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Shveysariya Konfederatsiyasining mamlakatimizdagi yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Simon Gigerning ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi.
Muloqot davomida davlatlar o‘rtasidagi siyosiy muloqotni yanada faollashtirish, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, sanoat kooperatsiyasi va yangi qo‘shma loyihalarni ilgari surish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
TIV rahbari elchiga mas’uliyatli diplomatik faoliyatida muvaffaqiyatlar tilab, O‘zbekiston–Shveysariya munosabatlarini yanada rivojlantirishga qaratilgan sa’y-harakatlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashini tasdiqladi.


