TIV rahbari Rossiya elchisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

 

9-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Rossiya Federatsiyasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor  Elchisi Aleksey Yerxovni qabul qildi.

O‘zbekiston–Rossiya aloqalarining o‘tgan yildagi natijalari va 2026-yilga mo‘ljallangan rejalari muhokama qilindi. Ko‘plab sohalarda kuzatilayotgan ijobiy dinamika ta’kidlandi, jumladan, 2025-yilda o‘zaro savdo aylanmasi 11 foizga yetganligi qayd etildi.

Mazkur yilning kun tartibi boy bo‘lib, qator ikki va ko‘p tomonlama tadbirlarni o‘z ichiga olishi ta’kidlandi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий