TIV rahbari Portugaliyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisidan ishonch yorliqlarini qabul qildi

27-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Portugaliyaning mamlakatimizdagi yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Sara Martinshning ishonch yorliqlarini qabul qildi.
Joriy yil aprel oyida Lissabonga amalga oshirilgan tashrif Oʻzbekiston–Portugaliya munosabatlarini yanada rivojlantirish, siyosiy muloqotni faollashtirish va oʻzaro manfaatli hamkorlikning yangi yoʻnalishlarini belgilab olishda muhim qadam boʻlgani taʼkidlandi.
Uchrashuvda tashrif doirasida erishilgan kelishuvlarni izchil amalga oshirish, iqtisodiy diplomatiyani jadallashtirish va hududlararo aloqalarni kuchaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
TIV rahbari elchiga Oʻzbekistondagi diplomatik faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.


