TIV rahbari Ozarbayjonning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisidan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi

 

27-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Ozarbayjon Respublikasining mamlakatimizdagi yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Rashad Mamedovning ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi.

O‘zbekiston va Ozarbayjonni ko‘p asrlik qardoshlik rishtalari, mushtarak tarixiy va madaniy ildizlar hamda o‘zaro hurmat birlashtirib turadi. Davlatlar rahbarlari o‘rtasidagi yuksak ishonchga asoslangan yaqin munosabatlar tufayli bu mustahkam poydevor bugun strategik sheriklik va ittifoqchilikning yangi mazmuni bilan boyib bormoqda.

Uchrashuvda siyosiy muloqotning yuqori sur’atini yuksak darajada davom ettirish, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, transport va logistika sohasidagi qo‘shma loyihalarni ilgari surish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek,R.Mamedovning boy diplomatik tajribasi O‘zbekiston–Ozarbayjon ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash va hamkorlikni yangi amaliy natijalar bilan boyitishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий