TIV rahbari Jazoirning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisidan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi

 

7-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Jazoirning mamlakatimizdagi yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Jamila Ashurning ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi.

Uchrashuv davomida joriy yil iyun oyida Jazoirga amalga oshirilgan rasmiy tashrif yakunlari hamda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Savdo-iqtisodiy, investitsiya, ta’lim, madaniyat va boshqa istiqbolli yo‘nalishlardagi hamkorlikni yanada faollashtirishga tayyor ekanligi tasdiqlandi.

TIV rahbari elchiga O‘zbekistondagi mas’uliyatli va sharafli faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий