TIV rahbari Germaniya elchisi bilan xayrlashuv uchrashuvini o‘tkazdi

 

15-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov O‘zbekistonda diplomatik faoliyatini yakunlayotgan Germaniya Federativ Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Manfred Huterer bilan xayrlashuv uchrashuvini o‘tkazdi.

Muloqotda elchining yurtimizdagi faoliyati davomida oliy darajadagi uchrashuvlar muvaffaqiyatli tashkil etilgani, tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi yaqin muloqot mustahkamlangani hamda ko‘p qirrali sheriklik sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilgani alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, TIV rahbari elchiga O‘zbekiston–Germaniya munosabatlarini mustahkamlashga qo‘shgan hissasi uchun samimiy minnatdorlik bildirdi hamda kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий