TIV rahbari Gambiyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisidan ishonch yorliqlarini qabul qildi

 

27-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Gambiya Respublikasining mamlakatimizdagi yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Alkali Fanka Kontexning ishonch yorliqlarini qabul qildi.

Oʻzbekiston Afrika davlatlari bilan oʻzaro manfaatli aloqalarni kengaytirishga alohida ahamiyat qaratmoqda. Bu borada Gambiya bilan hali toʻliq foydalanilmagan ulkan salohiyat mavjud.

Uchrashuvda savdo-iqtisodiy aloqalarni yoʻlga qoʻyishga alohida eʼtibor qaratildi.

A.Kontexning yurtimizdagi faoliyati ikki tomonlama munosabatlarni aniq amaliy mazmun bilan boyitishga xizmat qilishiga ishonch bildirildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий