TIV rahbari Finlyandiyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisidan ishonch yorliqlarini qabul qildi

 

27-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Finlyandiya Respublikasining mamlakatimizdagi yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Yoxanna Mariya Ogrenning ishonch yorliqlarini qabul qildi.

Uchrashuv davomida soʻnggi yillarda Oʻzbekiston–Finlyandiya munosabatlari sezilarli darajada faollashayotgani qayd etildi.

Tomonlar savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish hamda ishbilarmon doiralar oʻrtasidagi toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni ragʻbatlantirish muhimligini taʼkidladi.

TIV rahbari elchiga masʼuliyatli diplomatik faoliyatida muvaffaqiyatlar tilab, Oʻzbekiston–Finlyandiya munosabatlarini yanada mustahkamlashga qaratilgan saʼy-harakatlarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlashini tasdiqladi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий